Yangiliklar 17:00 | 13.04.2022

“Ayollardan badal puli olishga uyaldik” — Diyor Imomxo‘jaev

Professional futbol ligasi direktori Diyor Imomxo‘jaev jurnalist Farrux xudoyorov bilan bo‘lgan suhbatda ayollar futboli va futzaldan badal pullari olish to‘xtatilganini aytdi.

Foto: “Bugun.uz”

PFL direktori ayollardan badal puli olishga uyalganini aytdi.

“Biz ayollardan badal puli olmaslikka o‘tdik, uyaldik ayollardan badal puli olishga va yana futzaldan badal puli olmaslikka o‘tdik. Qolgan birinchi liga, Pro liga va Superligamizda bor”, — dedi Diyor Imomxo‘jaev.

Avvalroq Diyor Imomxo‘jaev jurnalist Farrux xudoyorov bilan bo‘lgan suhbatda bukmekerlik kompaniyalari to‘g‘risida gapirgani ma'lum qilingan. Shuningdek, Diyor Imomxo‘jaev “Paxtakor”ning OChLdagi g‘alabasi haqida fikr bildirgani haqida xabar berilgan.