Yangiliklar 17:29 | 13.04.2022

Nagelsmann “Bavariya”ning EChLdan chiqib ketganiga munosabat bildirdi

“Bavariya” murabbiyi Yulian Nagelsmann jamoasining Evropa chempionlar ligasidan chiqib ketganiga munosabat bildirdi. Bu haqda “Football Daily” xabar berdi.

Foto: “Getty Images”

“Bavariya” chorak finalda 2 o‘yin hisobiga ko‘ra “Vilyarreal”ga mag‘lub bo‘ldi.

“Menimcha, futbolda bahonalar juda ko‘p. Faqat men aybni o‘z bo‘ynimga olishim va javobgar bo‘lishim kerak. Sportda bundan yashirish juda ommalashgan. Lekin men bunday qilmayman. Aybimni birovga yuklamayman va ular ham aybdor, demayman.

Ammo taktika va futbolga tegishli hamma narsadan saboq olaman. Ammo men bunday qilmagan bo‘lsam ham, hozir shartnomalar bo‘yicha muzokara olib borayotgan futbolchilarni ayblamasligingiz kerak”, — dedi “Bavariya” ustozi.

Avvalroq “Vilyarreal” va “Bavariya” o‘rtasidagi 2-o‘yinda durang natija qayd etilgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, xavi Levandovskini “Barsa”ga o‘tishni taklif qilgandi.