OChL. “Paxtakor” va “Nasaf”ning 3 nafar futbolchisi 2-tur ramziy terma jamoasidan o‘rin oldi
Osiyo chempionlar ligasida “Paxtakor” va “Nasaf”ning 3 nafar futbolchisi 2-tur ramziy terma jamoasidan o‘rin oldi.
Foto: “Paxtakor” jamoasi axborot xizmati
Ramziy terma jamoadan “Paxtakor”ning 2 himoyachisi Farrux Sayfiev va Sherzod A'zamov, “Nasaf”dan esa dublga erishgan Marko Stanoevich o‘rin oldi.
Quyida 2-turning ramziy terma jamoasi keltirilgan:
Avvalroq “Nasaf” 2-turda g‘alaba qozonib, o‘z guruhida peshqadamga aylangani haqida xabar berilgan. Shuningdek, “Paxtakor” ikkinchi turda mezbon jamoani kichik hisobda mag‘lub etgani ma'lum qilingan.