Yangiliklar 15:33 | 13.04.2022

Tuxel Alonsoning goli bekor qilinganiga munosabat bildirdi

“Chelsi” murabbiyi Tomas Tuxel “Real Madrid”ga qarshi o‘yindagi Markos Alonsoning goli bekor qilinganiga munosabat bildirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Foto: “Getty Images”

Tuxel hakam bu vaziyatni o‘zi ko‘rishi kerak bo‘lganini ta'kidladi.

“Men bu vaziyatning o‘zini ko‘rmadim, lekin men hakamga nega bu epizodni o‘zi ko‘rmaganini tushunmaganimni aytdim.

Bunday darajadagi o‘yinda har bir hushtak muhim. Aynan maydondagi hakam o‘yin iplarini qo‘lida ushlab turadi va faqat alohida xonada o‘tirgan va uchrashuv muhitini va tanlangan hakamlik uslubini to‘liq his etmaydigan yordamchining fikriga tayanmasligi kerak.

Keyinchalik qarorni tushuntira olish uchun u ushbu epizodni mustaqil ravishda tekshirishi kerak edi. Lekin bu mening fikrim”, — dedi Tuxel.

Avvalroq “Real Madrid” Chempionlar ligasi yarim finalga chiqqani haqida xabar berilgan. Shuningdek, Tuxel “Chelsi”ning “Real”ga qarshi o‘yinda kambek qilish imkoniyati haqida gapirgani ma'lum qilingan.