Yangiliklar 15:51 | 13.04.2022

PFL klublarga pul to‘laydigan tashkilotga aylanishi uchun bukmekerlik kompaniyalari bilan shartnoma imzolashi shartmi?

Professional futbol ligasi direktori Diyor Imomxo‘jaev jurnalist Farrux xudoyorov bilan bo‘lgan suhbatda bukmekerlik kompaniyalari to‘g‘risida gapirdi.

Foto: “Bugun.uz”

PFL bosh direktori jurnalistning PFL klublarga pul to‘laydigan tashkilotga aylanishi uchun bukmekerlik kompaniyalari bilan shartnoma imzolashi shartmi, degan savoliga quyidagicha javob berdi:

“Butun dunyo futboliga e'tibor beradigan bo‘lsak, bukmekerlik kompaniyalari, alkogol va energetik ichimliklardan keladigan daromad juda kattani tashkil qiladi. Lekin biz bu yo‘nalishdan yurmoqchi emasmiz.

PFL klublarga pul to‘laydigan tashkilotga aylanishi uchun bukmekerlik kompaniyalari bilan shartnoma imzolaganimizdan ko‘ra, ko‘proq vaqt ketsa ham biz o‘sha muddatga to‘g‘ri yo‘l bilan bormoqchimiz”, — dedi Diyor Imomxo‘jaev.

Avvalroq Diyor Imomxo‘jaev “Paxtakor”ning OChLdagi g‘alabasi haqida fikr bildirgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, Diyor Imomxo‘jaev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan “Navruz Cup” turniri haqida o‘z fikrini bildirgandi.