Yangiliklar 22:13 | 13.04.2022

Tayson Fyuri narkokartel boshlig‘i bilan aloqada bo‘lgani uchun qamoq jazosiga hukm qilinadi

Superog‘ir vaznda boks jangchisi Tayson Fyuri narkokartel boshlig‘i bilan aloqada bo‘lgani uchun qamoq jazosiga hukm qilinadi. Bu haqda “The Times” xabar berdi.

Foto: “Sports.ru”

Bir necha bokschilar, jumladan, Fyuriga Buyuk Britaniya hukumati Irlandiya jinoyat ringiga rahbarlik qilayotgan Denil Kinaxan bilan har qanday aloqani uzishni maslahat bergan. Aks holda, ular sherik sifatida jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Kinaxon Fyuri bilan shartnoma tuzgan MTK Global promouterlik kompaniyasi asoschisi hisoblanadi. Bokschi fevral oyida Dubayda Kinaxan bilan ko‘rishgan.

Avvalroq Fyuri va Uayt qachon ringga chiqishi e'lon qilingani haqida xabar berilgan. Shuningdek, Tayson Fyuri Usik–Joshua jangi haqida gapirgani ma'lum qilingan.