Yangiliklar, Futbol 7:16 | 14.04.2022

EChL. “Man.Siti” va “Liverpul” yarim finalga yo‘l oldi

Evropa chempionlar ligasi chorak finalining so‘nggi ikkita o‘yini ham yakunlandi va yarim finalning barcha ishtirokchilari ma'lum bo‘ldi.

Foto: “Getty Images”

So‘nggi ikki o‘yinda quyidagi natijalar qayd etildi:

“Atletiko” 0:0 (0:1) “Manchester Siti”

“Liverpul” 3:3 (3:1) “Benfika”.

Yarim final juftliklari esa quyidagicha ko‘rinish oldi:

“Real Madrid”–“Manchester Siti”

“Liverpul”–“Vilyarreal”.

Avvalroq “Real” va “Vilyarreal” musobaqaning yarim finaliga yo‘l olgani haqida xabar berilgan.