Bloglar 12:07 | 23.04.2022

“Vest Hem” “Barsa”ning xatosini takrorlamoqchi emas: “Ayntraxt”ning ortiqcha muxlislari chipta bilan ham haydab chiqariladi

“Vest Hem” so‘nggi 46 yil ichida ilk bor evrokubok yarim finaliga yo‘l oldi va unga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Londonliklar kelasi hafta Evropa Ligasi doirasida “Ayntraxt”ni qabul qiladi. Klub esa chorak finalda germaniyalik muxlislar 30 000 ta chipta sotib olib, “Kamp Nou”ni egallagan o‘yindan xulosa chiqardi va chiptalarni sotishga qat'iy qoidalar chiqardi.

Foto: “REUTERS”

Chorak finaldan keyin “Barselona” prezidenti Joan Laportaning ham jahli chiqdi: “Tribunada sodir bo‘lgan voqea takrorlanib bo‘lmaydigan sharmandalik, chora ko‘rish uchun ma'lumotlarni o‘rganishimiz kerak, ammo bu qiyin masala. Biz qattiqqo‘l bo‘lishimiz va ba'zi narsalarga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. ‘Barselona’ muxlisi sifatida uyatni his qildim”.

“Vest Hem” allaqachon yarim final uchun barcha chiptalarni sotib bo‘lgan, ammo bunga qadar ular qattiq choralar ko‘rgan:

Mehmonlarga faqat 3000 ta chipta berildi. Taqqoslash uchun: ‘Barsa’ mehmon kvotasi uchun rasman 5000 ta chipta ajratgan. Londondagi o‘yinga jami 50 000 tomoshabin kelishi kutilmoqda, ya'ni stadionning maksimal 6 foizi “Ayntraxt”ni qo‘llab-quvvatlashi kerak.

Katalon klubining asosiy xatosi oldi olindi. Frankfurtlik muxlislar “Kamp Nou”dagi o‘yinga yillik abonement sotib olgan kataloniyalik muxlislar o‘rniga onlayn chipta sotib olgan.

“Vest Hem” sotuvlar boshlanishidan oldin ham oydinlik kiritdi va hatto o‘z muxlislariga ham sanktsiyalar bilan tahdid qildi: Har qanday ruxsat etilmagan platformada frankfurtliklarga chiptalarini qayta sotgan “Vest Hem” muxlisining abonementi bekor qilinadi. Bunday muxlislarga 2022/23 yilgi mavsum oxirigacha stadionga kirish taqiqlanadi, shuningdek, ular mavsum davomida olgan barcha bonus va imtiyozlardan mahrum bo‘ladi.

Biletlar qaytarib olinmaydi. Boshqa plaformalarda sotuvga qo‘yilgan har qanday chiptalar bekor qilinadi va qayta sotuv bloklanadi.

Foto: “REUTERS”

Qayd etilishicha, “Vest hem” ham frankfurtlik muxlislariga tahdid qilmoqda. Klub buzg‘unchilarga toqat qilmaslik siyosatini e'lon qildi: “Mehmonlar uchun mo‘ljallangan sektordan boshqa joylarga kirgan va chiptasi bo‘lgan ‘Ayntraxt’ muxlislari stadionga kiritilmaydi yoki stadiondan chiqarib yuboriladi”.

“Vest Hem” va “Ayntraxt” muxlislari bu mavsumda allaqachon to‘qnash kelgan. Ammo nemislar hali ham echim topishga umid qilmoqda.

UEFA londonliklarning siyosatiga aralashishi dargumon, chunki bunday qattiq choralar xavfsizlik nuqtai nazaridan foydali bo‘lishi mumkin. Mart oyida “Vest Hem” va “Ayntraxt” muxlislari o‘rtasida allaqachon to‘qnashuv bo‘lib o‘tgan. Evropa ligasining 1/8 final bosqichida ikkala jamoa ham Sevilyada o‘ynadi: londonliklar “Sevilya”ga, frankfurtliklar esa “Betis”ga qarshi.

UEFA boshqa-boshqa kunlarga qo‘ydi. “Vest Hem” va “Ayntraxt” muxlislari Sevilyadagi barlarning birida to‘qnash keldi. Yakunda mojaro kelib chiqda va politsiya rezinali o‘qlardan foydalanishga majbur bo‘ldi.

Hozir “Kamp Nou”dagi voqeaning takrorlanishini kutishning hojati yo‘q, ammo “Ayntraxt” matbuot kotibi Aksel xelmann nemislarning bir qismi vaziyatdan chiqishga harakat qilishiga sha'ma qildi: “Hech qanday sirni oshkor qilishni istamayman, ammo muxlislarimiz juda ijodkor. ‘Ayntraxt’ muxlislarining muhim kontingenti tribunada bo‘lishini ta'minlash uchun barcha choralar ko‘riladi. Bunga 100 foiz ishonchingiz komil bo‘lishi mumkin”.

Germaniyaliklar nimani o‘ylab topishi va buning uchun nimalarni amlga oshirishini ko‘rish qiziq bo‘ladi.