Uncategorized 15:10 | 04.05.2022

O‘zbek belbog‘li kurashi bo‘yicha Pan Amerika Konfederatsiyasi tuzildi

O‘zbek belbog‘li eurashi sporti bo‘yicha Pan Amerika Konfederatsiyasi tuzildi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi axborot xizmati

xabarga ko‘ra, Braziliyaning San-Paulu shahrida jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasining navbatdagi ta'sis kongressi bo‘lib o‘tdi.

Unda Jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi prezidenti Aziz G‘aniev hamda JBKA bosh kotibi Arturas Vileyta ishtirok etdi.

Kongressda Pan Amerika belbog‘li kurash Konfederatsiyasini tuzish taklifi ko‘rib chiqildi va ma'qullandi.

Avvalroq erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha jahon reytingi yangilangani haqida xabar berilgan.