Uncategorized 10:28 | 05.05.2022

“Bizda echilmagan masala bor” — Saloh

“Liverpul” futbolchisi Muhammad Saloh “Real Madrid”ning Chempionlar ligasi finaliga chiqqaniga munosabat bildirdi. Bu haqda u o‘z Instagram sahifasida post qoldirdi.

Foto: “Getty Images”

“Liverpul” va “Real Madrid” 2018 yilda ham Chempionlar ligasi finalida o‘zaro to‘qnash kelgan. Saloh o‘yinda jarohat olgan va “Real Madrid” g‘alaba qozongan.

“Bizda echilmagan masala bor”, — deb yozdi Muhammad Saloh.

Avvalroq “Real Madrid” kambek qilib, ikkinchi finalchiga aylangani haqida xabar berilgan. Shuningdek, “Liverpul” birinchi finalchiga aylangani ma'lum qilingan.