Uncategorized 12:14 | 14.05.2022

Toni Fergyuson daxshatli nokautga uchragani haqida gapirdi

Engil vaznda UFC jangchisi Toni Fergyuson Maykl Chendlerga qarshi jangdagi daxshatli nokautga uchragani haqida gapirdi. Bu haqda u o‘z Instagram sahifasida post qoldirdi.

Foto: “Shampionat.com”

Fergyuson tez yordam mashinasi yaqiniga kelgandagina o‘ziga kelganini ta'kidladi.

“Bu meni uzoq vaqtga safdan chiqardi. Bu dahshatli tuyg‘u edi, chunki ikkinchi raund boshidan hech narsa esimda yo‘q. Tez yordam mashinasiga yaqinlashganimdagina o‘zimga keldim.

Har kuni meni xayotga qaytargani uchun xudoga shukr qilaman. Hammangizni qo‘rqitmoqchi emasdim. Men boshqacha harakat qilishim kerak edi. Misol uchun, qo‘llarni yuqoriga va iyakni pastga tushurib.

Aybim mag‘lub bo‘lganim. Ajoyib yakun uchun Chendlerga rahmat. Menda ishlash kerak bo‘lgan narsa bor. Men mukammal emasman, lekin men bunga intilaman”, — deb yozdi Toni ijtimoiy tarmoqlarda.

Avvalroq UFC 274’da Maykl Chendler Toni Fergyusonni daxshatli nokautga uchratgani haqida xabar berilgan.