Bloglar, Uncategorized 12:30 | 17.05.2022

Suares va Kellinidan Holand va Dibalagacha: klublari bilan xayrlashgan yulduz futbolchilar

Futbol mavsumining yakuni bir qator futbolchilarning jamoalari bilan xayrlashuvi bilan yodda qolmoqda. Ba'zi futbolchilar boshqa klubga o‘tdi ba'zilari faoliyatini yakunladi. “Bugun Sport” o‘z jamoalari bilan xayrlashayotgan futbolchilar haqida ma'lumot beradi.

Foto: “Getty Images”

15 may kuni “Atletiko” o‘z futbolchilari Luis Suares va Ander Errera bilan xayrlashdi. Avvalroq jamoa muxlislardan “Sevilya”ga qarshi o‘yin so‘nggida stadionni tark etmasligini so‘ragandi.

Foto: “Getty Images”
Foto: “Getty Images”

Ektor Errera va Luis Suares nutq so‘zladi, faxriy yo‘lakdan o‘tdi va buning barchasi muxlislar kuylagan qo‘shiqlar ostida bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Getty Images”

Angliya Premer-ligasida “Vest Hem” ramzi bo‘lgan Mark Noblning London klubi safidagi so‘nggi uy o‘yini turning markaziy voqeasi bo‘ldi. Nobl 18,5 yil “Vest Hem” safida harakat qilgan. 548 ta o‘yin o‘tkazib, 62 ta gol urgan va 61 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Foto: “Getty Images”

“Vest Hem” muxlislari o‘z sardorini ajoyib performans bilan kuzatib qo‘ydi. Futbolchining o‘zi esa ko‘z yoshlarini tiya olmadi.

Foto: “Getty Images”
Foto: “Getty Images”

“Napoli” “Jenoa”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi va A Seriya bronzasini kafolatladi. Ammo bu o‘yindagi natija ikkinchi darajali, asosiysi o‘yin boshlanishidan oldin sodir bo‘ldi — Lorentso Insine “Neapol” bilan xayrlashdi.

Foto: “Getty Images”
Foto: “Getty Images”

Insine penaltidan gol urib, shaxsiy statistikasini yaxshiladi. “Napoli” uchun Lorentso 433 ta o‘yin o‘tkazib, 122 ta gol urdi va 95 ta golli uzatmani amalga oshirdi (har ikkala ko‘rsatkich bo‘yicha ham klub tarixidagi ikkinchi o‘rin). Qolaversa, yoshlar tarkibida 40 ta o‘yin va 20 ta gol bor.

Futbolchiga o‘z bo‘yi bilan baravar ramziy sovrin topshirildi.

Foto: “Getty Images”

“Ayaks” Niderlandiya chempionatida “xerenven”ni 5:0 hisobida mag‘lub etib, chempionlikni himoya qildi. Erik ten xag uchun bu uchinchi chempionlik, Amsterdam klubi uchun esa rekord 36-chempionlik.

15 may kuni jamoa murabbiyi Erik ten xag bilan xayrlashdi. Ma'lumot uchun, u 2022/23 yilgi mavsumdan “Manchester Yunayted”da ish boshlaydi.

Foto: “Getty Images”
Foto: “Getty Images”

xayrlashuv paradini 14 may kuni Dortmundning “Borussiya” jamoasi o‘tkazdi.

Qahramonlardan biri — Erling Holand. O‘yin boshlanishidan oldin ham chiroyli marosim bo‘lib o‘tdi. Holand muxlislar sektori oldiga bordi. Muxlislar uni qarsaklar bilan qarshi oldi. Erling javob qaytardi va qo‘llab-quvvatlagani uchun muxlislarga minnatdorchilik bildirdi.

Foto: “Getty Images”

Norvegiyalik futbolchi 90-daqiqadan so‘ng almashtirildi, tribunalar uni qarsaklar ostida yana zaxira o‘rindig‘iga kuzatib qo‘ydi. Erling Dortmundni ajoyib statistika bilan tark etadi: 89 ta o‘yinda 86 ta gol. Muxlislar, albatta, uni unutmaydi.

Foto: “Getty Images”

Norvegiyalik futbolchidan tashqari yana 6 nafar o‘yinchi muxlislar bilan xayrlashdi: Marsel Shmeltser, Aksel Vittsel, Reyner, Marvin xitts, Roman Byurki i Dan-Aksel Zagadu.

“Ketayotganimdan afsusdaman, lekin faxr bilan aytishim mumkinki, men bu klubni so‘nggi to‘rt yil davomida himoya qildim. Men bu erda juda ko‘p ajoyib do‘stlar orttirdim va ajoyib muxlislarimizni qo‘llab-quvvatlashidan mamnunman”, — deb yozdi Vittsel.

“Borussiya Dortmund” muxlislari butun faoliyati davomida jamoada harakat qilgan Marsel Shmeltser bilan alohida xayrlashdi.

Foto: “Getty Images”

16 may kuni “Yuventus” o‘z maydonida “Latsio”ni qabul qildi. Bu Paulo Dibala uchun “Yuventus” kiyimila “Allianz” arenadagi so‘nggi o‘yin bo‘ldi. Futbolchi ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi.

Foto: “Getty Images”
Foto: “Getty Images”

“Yuventus” futbolchilari va muxlislari futbolchini xurmat bilan kuzatib qo‘ydi. Dibala 2021/22 yilgi mavsum so‘nggida jamoadan ketishini e'lon qilgandi.

Shuningdek, Turin klubi mavsum oxirida jamoadan ketishini e'lon qilgan Jorjo Kellini bilan xayrlashdi.

Foto: “Getty Images”
Foto: “Getty Images”

Kellini faoliyati davomida qanday o‘ynagan bo‘lsa jamoa bilan ham shunday xayrlashdi: yig‘i-sig‘isiz, kulgu bilan. U o‘yin paytida ramziy tarzda maydonni aylanib chiqdi.

Ma'lumot uchun, futbolchi keyingi faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin.