Uncategorized 15:04 | 22.05.2022

Breytueyt, Umtiti, Puch va Mingesa yozda “Barsa”ni tark etadi

“Barselona” futbolchilari Martin Breytueyt, Samuel Umtiti, Riki Puch va Oskar Mingesa yozda jamoani tark etadi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.

xabarga ko‘ra, 2022 yildagi yozgi transfer oynasida himoyachilar Samuel Umtiti va Oskar Mingesa, yarim himoyachi Riki Puch va hujumchi Martin Breytueyt katalon klubini tark etadi.

Shu bilan birga, kataloniyaliklar himoyachi Serxi Roberto bilan shartnomani 2023 yilgacha uzaytirdi. Yangi kelishuv kelasi hafta rasman e'lon qilinadi.

Avvalroq “Barselona” “Lids” futbolchisi Rafinyani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekani haqida xabar berilgan. Shuningdek, “Barselona” agar yaxshi taklif tushsa, Ter Shtegenni sotishi mumkinligi ma'lum qilingan.