Uncategorized 11:30 | 22.05.2022
Hasanboy Do‘smatov professional boksdagi 5-jangida g‘alaba qozondi
Meksikada bo‘lib o‘tayotgan boks oqshomida Hasanboy Do‘smatov professional boksdagi 5-jangida Moyzes Guterres ustidan g‘alaba qozondi.
Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Hasanboy Do‘smatov Meksikaning Meksikali shahrida bo‘lib o‘tgan jangda Moyzes Guterresni 3-raundda nokautga uchratdi va g‘alaba qozondi.
Oldinroq Iqboljon xoldorov ham bu boks oqshomida jang o‘tkazib, g‘alaba qozongandi.
Avvalroq Hasanboy Do‘smatov Toshkentdagi boks oqshomida navbatdagi jangini o‘tkazgani haqida xabar berilgan.