Iqboljon xoldorov professional boksda meksikalik raqibini mag‘lub etdi — video
Iqboljon xoldarov professional boksda meksikalik raqibi Ramon Barajasni mag‘lubiyatga uchratdi.
Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Meksikada bo‘lib o‘tayotgan boks oqshomida super yarimo‘rta vazn toifasida ringga chiqqan Iqboljon xoldarov 6 raundga mo‘ljallangan jangni to‘liq o‘tkazdi.
xoldarov hakamlarning bir ovozda chiqargan qaroriga ko‘ra meksikalik raqibi Ramon Barajasni mag‘lub etdi. Bu Iqboljonning professional boksdagi 3-janggi edi. U avvalgi ikki jangida ham g‘alaba qozongan.
Avvalroq Iqboljon xoldorov Toshkentdagi boks oqshomida navbatdagi jangini o‘tkazgani haqida xabar berilgan.