Uncategorized 13:56 | 22.05.2022

Mbappening transferi barbod bo‘lgach, Tchuameni “Real”ning asosiy maqsadiga aylandi

Kilian Mbappening transferi barbod bo‘lgach, “Monako” futbolchisi Orelen Tchuameni “Real Madrid”ning asosiy maqsadiga aylandi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Foto: “Smotrim.ru”

Murabbiy Karlo Anchelotti va rahbariyat “Real Madrid”ga Karim Benzemaga muqobil bo‘ladigan yangi markaziy hujumchi kerak degan fikrga keldi. Ammo klub frantsiyalik futbolchini yana ikki mavsum yuqori saviyada o‘ynashiga ishonmoqda.

Mbappe Madrid klubining maqsadi edi. Uning “PSJ”dan “Real Madrid”ga bo‘ladigan transferini buzmaslik uchun Madrid klubi “Manchester Siti”ga o‘tishga rozi bo‘lgan Erling Holand uchun kurashmagandi.

xabarga ko‘ra, endi “Real Madrid”ning asosiy maqsadi “Monako” tayanch yarim himoyachisi Orelen Tchuameni bo‘lib qolgan.

Madrid klubi futbolchining transferini xohlayotgandi. Biroq klub Tchuameniga transfer 2022 yilning yozida amalga oshishi qiyinligin ma'lum qilgan. Ammo Mbappening transferi barbod bo‘lgach “Real” futbolchining transferiga jiddiy bel bog‘laydi.

Avvalroq “Real Madrid” Kazemironing o‘rniga frantsiyalik futbolchini sotib olmoqchi ekani haqida xabar berilgan.