Uncategorized 11:57 | 22.05.2022

Neymar “PSJ” safidagi 100-golini urdi

“PSJ” futbolchisi Neymar “Metts”ga qarshi o‘yinda jamoa safidagi 100-golini urdi. Bu haqda “Squawka Football” xabar berdi.

Foto: “Getty Images”

xabarga ko‘ra, 2017/18 yilgi mavsumdan beri parijliklar safida to‘p surayotgan Neymar Dominik Roshto bilan birga klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

“PSJ” safida undan faqat Pedru Pauleta (109), Zlatan Ibragimovich (156), Kilian Mbappe (171) va Edinson Kavani (200) ko‘proq gol urgan.

Avvalroq “PSJ” Frantsiya chempionatining so‘nggi turida “Metts”ni tor-mor etgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, Neymar qachongacha futbol o‘ynashini aytgandi.