Uncategorized 0:10 | 22.05.2022

Rasman: Mbappe “PSJ” bilan shartnomasini 2025 yilgacha uzaytirdi

“PSJ” o‘z hujumchisi Kilian Mbappe bilan shartnomasini 2025 yilgacha uzaytirganini ma'lum qildi. Bu xaqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Foto: “Gracenote”

Futbolchining Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan edi. Oldinroq jurnalist va insayder Janluka di Martsio Mbappening Parij klubida qolishi haqida xabar bergan.

Mbappe “PSJ”da 2018 yildan beri o‘ynab keladi. U Parij klubiga “Monako”dan o‘tgan.

Avvalroq Mbappe kelajagi borasida qaror chiqarganini ma'lum qilingandi. Shuningdek, Makron Mbappening “PSJ”da qolishini xohlayotgani haqida xabar berilgan.