Uncategorized 9:49 | 23.05.2022

“Barsa” mavsumni mag‘lubiyat bilan yakunladi, “Atletiko” 3-o‘rinni oldi

Ispaniya La Ligasida so‘nggi 38-tur o‘yinlari yakunlandi.

Foto: “Getty Images”

“Barselona” “Vilyarreal”ga mag‘lub bo‘ldi va mavsumni mag‘lubiyat bilan yakunladi. “Kmmp Nou”da 0:2 hisobida g‘alaba qozongan “Vilyarreal” Konferentsiyalar ligasiga yo‘l oldi.

So‘nggi turda “Atletiko” g‘alaba qozonib, 3-o‘rinni, “Sevilya” esa 4-o‘rinni oldi. Ikkala jamoa ham keyingi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etadi.

“Granada”, “Levante” va “Alaves” jamoalari La Ligani tark etdi.