Uncategorized 16:31 | 23.05.2022

Eldor Suyunov 3 ta o‘yinga, Mannonov va Norbekov 2 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining Tartib intizom qo‘mitasi Superliga futbolchilarining harakatlari bo‘yicha qarorlar chiqardi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.

Foto: O‘zPFL matbuot xizmati

xabarga ko‘ra, “Paxtakor” jamoasi futbolchisi Eldorbek Suyunov uchrashuvning 90+6-daqiqasida bosh hakam qaroridan o‘z noroziligini qo‘pol tarzda bildirgani va uning sha'niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Futbolchi 3 o‘yinga chetlatildi.

Shuningdek, “Metallurg” futbolchisi Shohnazar Norbekov va “Dinamo” futbolchisi Jo‘rabek Mannonov ham 2 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.

“Navbahor” murabbiylar shtabi a'zosi Dilshod Jabborov “Neftchi”ga qarshi o‘yinning 52-daqiqasida bosh hakam qaroridan o‘z noroziligini qo‘pol tarzda bildirgani va uning sha'niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun 2 o‘yinga chetlatildi.

Pro liga 7-turi doirasidagi “Andijon”–“Mash'al” uchrashuvida mezbon jamoa muxlislari tomonidan uchrashuvning 65-daqiqasida “Mash'al” jamoasi texnik zonasi tomonga tosh uloqtirilgani uchun “Andijon” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Avvalroq Oybek Bozorov va Cheran 2 ta, Sherzod A'zamov esa 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingani haqida xabar berilgan.