Uncategorized 12:59 | 23.05.2022

“Robert uchun ‘Bavariya’ allaqachon tarixga aylangan” — Levandovskining agenti

“Bavariya” futbolchisi Robert Levandovskining agenti Pini Zaxavi polshalik futbolchi uchun nemis klubi tarixga aylanganini aytdi. Bu haqda “Bayern & Germany” xabar berdi.

Foto: “Championat.com”

Pini Zaxavi “Bavariya”ga futbolchini shartnomasi so‘nggigacha olib qolmaslikni maslahat berdi.

“Endi ‘Bavariya’ Robert uchun tarix. U sakkiz yildan so‘ng jamoani tark etmoqda va Robert klub uchun borini berdi.

Endi u 34 yoshda orzusini ro‘yobga chiqarishi va o‘zi orzu qilgan klubiga o‘tishi mumkin.

Nega ‘Bavariya’ buni rad etmoqda? Robert uchun bu savol yopiq: u ketishni xohlaydi. Bu vaziyatda men ham, u ham pul haqida o‘ylamayapmiz. So‘nggi oylarda u rahbarlikdagi odamlar tomonidan yaxshi munosabatni his qilmadi.

Umid qilamanki, rahbariyat o‘z pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqadi. Ha, albatta, ular Levandovskini 2023 yilgacha saqlab qolishlari mumkin, ammo men buni qilishni tavsiya etmayman. Robert uchun ‘Bavariya’ allaqachon tarixga aylangan”, — dedi Levandovskining agenti.

Avvalroq Levandovski va “Barselona” 3 yillik shartnoma bo‘yicha kelishib olgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, “Barselona” Levandovski uchun maksimal 35 million evro taklif berishi ma'lum qilingan.