Uncategorized 14:46 | 23.05.2022

“Liverpul” “Fulhem” futbolchisi Karvalyuning transferini e'lon qildi

“Liverpul” Chempionshipdan Angliya Premer-ligasiga yo‘l olgan “Fulhem” futbolchisi Fabiu Karvalyuni transfer qildi. Bu haqda Mersisayd klubi rasmiy sayti xabar berdi.

Foto: “Liverpoolfc.ru”

“Liverpul” safiga “Fulhem”dan o‘tayotgan 19 yoshli yarim himoyachi 1 iyul kuni rasman mersisaydliklar safiga qo‘shiladi.

Oldinroq “Liverpul” portugaliyalik futbolchi uchun 5 million funt to‘lashi, yana 2,7 million funtni “Fulhem” bonuslar ko‘rinishida olishi mumkinligi aytilgan. Shuningdek, “Fulhem” futbolchining keyingi sotuvidan foiz olish huquqiga ega.

Karvalyu mavsum oxirida “Fulhem”ga Premer-ligaga qaytishi uchun yordam berdi. U Chempionshipda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Avvalroq Yurgen Klopp “Liverpul” bilan shartnomasini 2026 yilgacha uzaytirgani haqida xabar berilgan.