Uncategorized 13:51 | 23.05.2022

Muhammad Saloh 3-marta APL to‘purariga aylandi

“Liverpul” futbolchisi Muhammad Saloh 3-marta Angliya Premer-ligasi to‘purariga aylandi. Bu haqda “Opta Sports” xabar berdi.

Foto: “Getty Images”

“Liverpul” forvardi sovrinni “Tottenhem” yarim himoyachisi Son xyon Min bilan bo‘lishib oldi. Ikkalasida ham 35 ta o‘yinda 23 ta gol.

Saloh Angliya Premer-ligasi to‘purari uchun beriladigan sovrinlari sonini Harri Keyn va Alan Shirer bilan tenglashtirdi. Faqatgina Terri Anri to‘rt marta “Oltin butsa”ni qo‘lga kiritgan.

Avvalroq Saloh “Liverpul”ga shartnomani uzaytirish borasida xabar bermagani ma'lum qilingan. Shuningdek, xavi Holandga muqobil sifatida Levandovskidan ko‘ra Salohni afzal ko‘rishi haqida xabar berilgan.