Uncategorized 15:47 | 23.05.2022

Noyer “Bavariya” bilan shartnomasini 2024 yilgacha uzaytirdi

“Bavariya” darvozaboni Manuel Noyer jamoa bilan shartnomasini 2024 yilgacha uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Foto: “Getty Images”

Darvozabon “Shalke”dan ko‘chib o‘tgandan so‘ng 2011 yildan buyon “Bavariya”da o‘ynamoqda, 2017 yilda esa jamoa sardori bo‘ldi.

Noyer 10 karra Germaniya chempioni hisoblanadi. Besh marta mamlakat kubogini, ikki marta Chempionlar ligasini qo‘lga kiritgan.

Avvalroq “Bavariya” Noyer va Myuller bilan shartnomani uzaytirmoqchi ekani haqida xabar berilgan. Shuningdek, Manuel Noyer o‘ng tizzasidan operatsiya qilingandi.