Yangiliklar 16:58 | 23.05.2022

O‘zbekistonda 2022 yilda sport sohasiga qancha mablag‘ ajratildi?

Shavkat Mirziyoev raisligida 23 may kuni sportni ommalashtirish, sport ta'limini yaxshilash va iqtidorli sportchilarni tayyorlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ta'kidlanishicha, so‘nggi besh yilda sportni rivojlantirishga qariyb 4 trillion so‘m yo‘naltirilib, 118 ta yangi yirik sport ob'ektlari foydalanishga topshirilgani va 110 ta ob'ekt rekonstruktsiya qilingan.

2022 yilda sport sohasiga 2 trillion 300 milliard so‘m (2017 yildan 5 baravarga ko‘p), shundan sport ta'lim muassasalari uchun 1 trillion 200 milliard so‘m ajratildi.

Ilk bor barcha mahallalardagi yoshlar etakchilari, maktablarning jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport maktablari trenerlari ishtirokida yoshlarni sportga jalb etish bo‘yicha yangi besh bosqichli musobaqalarga start berildi. Aprel–may oylarida musobaqalar bilan 3 milliondan ziyod yoshlar qamrab olindi.

“Lekin, sportdagi natijalar yaratilgan sharoitlarga hali mos emas”, — dedi davlat rahbari.