Uncategorized 11:09 | 23.05.2022

Piolidan A Seriya oltin medali o‘g‘irlab ketildi

“Milan” murabbiyi Stefano Piolidan A Seriya oltin medali o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda “Football Italia” xabar berdi.

Foto: “Getty Images”

56 yoshli mutaxassis “Milan”ni A Seriya chempioni qildi. Bu “rossonerilar”ning 2011 yildan beri ilk chempionligi hisoblanadi. Murabbiyning o‘zi uchun bu faoliyatidagi birinchi sovrin.

“Chempionat medalini mendan o‘g‘irlab ketishdi, kimdir uni bo‘ynimdan yulib oldi.

Agar (qaytarishni) so‘rasam, qaytarishsa minnatdor bo‘lardim. Menda boshqa yo‘q”, — dedi Pioli.

Avvalroq “Milan” yirik hisobda g‘alaba qozonib, 11 yillik tanaffusdan so‘ng ilk marta Italiya A Seriyasi g‘olibi bo‘lgani haqida xabar berilgan.