“So‘g‘diyona” va “AGMK” ishtirokidagi o‘yinlarda VAR tizimi ishlamaydi
O‘zbekiston Superligasi 10-turidan o‘rin olgan 2 ta o‘yinda VAR tizimidan foydalanilmaydi. Bu haqda Professional futbol ligasi xabar berdi.
Foto: “Uzbeksport.uz”
xabarga ko‘ra, 23 may kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Dinamo” va “AGMK” o‘rtasidagi o‘yinda, shuningdek, Jizzax shahridagi “So‘g‘diyona” va “Qo‘qon-1912” o‘rtasidagi o‘yinlarda VAR tizimi ishlamaydi.
Qayd etilishicha, bunga ko‘chma televezion stantsiya bilan bog‘liq muammo sabab bo‘lgan.
Avvalroq 3-turning 2 ta o‘yinida ham VAR tizimidan foydalanilmaslini haqida xabar berilgan.