Uncategorized 11:39 | 24.05.2022

“Men Charlzni chempion deb bilaman” — Habib Nurmagomedov

Sobiq UFC jangchisi Habib Nurmagomedov engil vazn sobiq chempioni Charlz Oliveyra haqida fikr bildirdi. Bu haqda “ESPN MMA” xabar berdi.

Foto: “Shampionat.com”

Nurmagomedov Oliveyrani kamarni boy bergan bo‘lsa ham chempion deb hisoblashini ta'kidladi.

“Men Charlzni chempion deb bilaman, garchi u unvonni boy bergan bo‘lsa ham. Ayni damda u bu kamarga egalik qilishga loyiq. Oliveyra juda yaxshi ish qildi, lekin u mutlaq chempion emas”, — deydi sobiq jangchi.

Avvalroq Islom Maxachev Charlz Oliveyrani jangga chaqirgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, Habib Maxachev bilan Braziliyaga borishini ma'lum qilgandi.