Alisher Sa'dullaev Shaxmat federatsiyasi raisi etib saylandi
Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullaev O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining raisi etib saylandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Foto: “Bugun.uz”
Alisher Sa'dullaev O‘zbekiston xalq ta'limi vazirining o‘rinbosari etib bo‘lib ham ishlagan. Shuningdek, Yoshlar ittifoqi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Qayd etilishicha, 2019-yil 29-avgustdan ayni paytga qadar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisi lavozimida faoliyat yuritadi.
Shuningdek, O‘zbekiston Prezidentining yoshlar, fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari hisoblanadi. U O‘zbekiston Prezidenti tomonidan Senat a'zosi etib tayinlangan. 2020-yil 10-iyulda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi etib qayta tashkil etilgan, Alisher Sa'dullaev agentlik direktori etib tayinlangan.
Avvalroq Aziz Abduhakimov Shaxmat federatsiyasi raisi lavozimidan ketgani haqida xabar berilgan.