Bahraynda bo‘lib o‘tadigan U-17 Osiyo kubogi saralash bosqichiga qur'a tashlandi
Bahraynda 2023 yilda bo‘lib o‘tadigan U-17 Osiyo kubogi saralash bosqichiga qur'a tashlandi. Bu haqda Futbol assotsiatsiyasi axborot xizmati xabar berdi.
Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi axborot xizmati
Unga ko‘ra, O‘zbekiston “J” guruhidan o‘rin oldi. Quyida saralash bosqichi guruhlari keltirilgan:
Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi axborot xizmatiFoto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi axborot xizmati
Saralash bosqichining “J” guruhi o‘yinlari 5, 7 va 9 oktyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq xitoyda 2023 yilda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi saralashiga qur'a tashlangani haqida xabar berilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan U-23 Osiyo chempionatiga qur'a tashlangani ma'lum qilingan.