Uncategorized 13:34 | 24.05.2022

“Inter” Dibalaga 3+1 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor

“Inter” “Yuventus”ni erkin agent sifatida tark etgan Paulo Dibalaga 3+1 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor. Bu haqda “GIFN” xabar berdi.

Foto: “Footboom.com”

“Inter” bosh direktori Beppe Marotta argentinalik futbolchiga yiliga taxminan 6 million evro maosh bilan 3+1 yillik shartnoma taklif qilishi mumkin. Shuningdek, shartnomada o‘yin darajasiga bog‘liq turli bonuslar ko‘rsatilgan.

Marotta 2021/22 yilgi mavsum oxirida Dibalaning agenti bilan uchrashgan. Biroq “Inter” va Paulo o‘rtasidagi shartnomaning moliyaviy shartlari bo‘yicha muzokaralar haligacha o‘tkazilmagan.

Avvalroq “Roma” Dibalaga transfer taklifini yuborgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, “Inter” Dibala bilan shartnoma imzolashga yaqin ekani ma'lum qilingan.