Uncategorized 10:52 | 24.05.2022

Mbappe “Liverpul” bilan ham muzokara o‘tkazganini tan oldi

“PSJ” bilan shartnomasini uzaytirgan Kilian Mbappe “Liverpul” bilan ham muzokara o‘tkazganini tan oldi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.

Foto: “Shampionat.com”

Mbappe “Liverpul” onasining sevimli klubi ekanini ta'kidladi.

“Bular faqatgina ‘Real’ va ‘PSJ’ emasdi. Men Yurgen Klopp jamoasi ‘Liverpul’ga qo‘shilish bo‘yicha ham muzokaralar olib borgandim”, — dedi Kilian Mbappe.

Avvalroq Mbappening transferi barbod bo‘lgach, Tchuameni “Real”ning asosiy maqsadiga aylangani haqida xabar berilgan. Shuningdek, Mbappe “PSJ” bilan shartnomasini 2025 yilgacha uzaytirgani ma'lum qilingan.