Uncategorized 11:08 | 24.05.2022

“MYu” Pau Torres uchun 50 mln evro to‘lashga tayyor

“Manchester Yunayted” “Vilyarreal” himoyachisi Pau Torres uchun 50 million evro to‘lashga tayyor. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Foto: “Vbetnews.com”

xabarga ko‘ra, mankunianliklar 25 yoshli futbolchi uchun 50 million evro to‘lashga tayyor. Ispaniya terma jamoasi futbolchisiga “Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi Erik ten xag ham qiziqish bildirmoqda.

Oldinroq Torresning ispan klubidan qo‘yib yuborilishi 55–60 million evroni tashkil qilishi xabar qilingandi.

Avvalroq “Manchester Yunayted” Pau Torresni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkinligi haqida xabar berilgan. Shuningdek, “Tottenhem” “Vilyarreal” futbolchisini sotib olmoqchi ekani ma'lum qilingan.