Uncategorized 13:11 | 24.05.2022

“MYu” rahbarlari Reshforddan ijtimoiy faoliyat bilan kamroq shug‘ullanishni so‘radi

“Manchester Yunayted” rahbarlari hujumchi Markus Reshforddan ijtimoiy faoliyat bilan kamroq shug‘ullanishni so‘radi. Bu haqda “ESPN” xabar berdi.

Foto: “Myseldon.com”

xabarga ko‘ra, “Manchester Yunayted” rahbariyati hujumchini ijtimoiy faoliyatga kamroq vaqt ajratishga va bor e'tiborini formaga kirishga qaratishga uringan. Shunga qaramay, Reshford futbol va ijtimoiy faollikni birgalikda bajarishda davom etdi.

Qayd etilishcha, 24 yoshli futbolchi joriy mavsumda 32 ta o‘yinda 5 ta gol urdi va Angliya terma jamoasidagi o‘rnini boy berib qo‘ydi.

Avvalroq Rangnik Ronaldu, Pogba, Fernandesh va Reshford bilan individual suhbatlar o‘tkazgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, Reshford Evro-2020 finalidagi mag‘lubiyatdan keyin nima qilgani ma'lum bo‘lgandi.