Uncategorized 13:57 | 24.05.2022

O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan U-20 Osiyo kubogi saralash bosqichiga qur'a tashlandi

O‘zbekistonda 2023 yilda bo‘lib o‘tadigan U-20 Osiyo kubogi saralash bosqichiga qur'a tashlandi. Bu haqda Futbol assotsiatsiyasi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi axborot xizmati

Unga ko‘ra, O‘zbekiston “A” guruhidan o‘rin oldi. Musobaqa O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi sababli saralash O‘zbekiston uchun o‘rtoqlik maqomida o‘tadi. Quyida saralash bosqichi guruhlari keltirilgan:

Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi axborot xizmati
Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi axborot xizmati

Saralash o‘yinlari 10–18 sentyabr kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Bahraynda bo‘lib o‘tadigan U-17 Osiyo kubogi saralash bosqichiga qur'a tashlangani haqida xabar berilgan.