Uncategorized 14:04 | 25.05.2022

Mourino Mxitrayan KL finalida maydonga tushishga tayyor ekanini aytdi

Joze Mourino Konferentsiyalar ligasi finalidagi “Feyenoord”ga qarshi o‘yin oldidan o‘z yikrini bildirdi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar berdi.

Foto: “Football Italia”

Mourino Geynrix Mxitaryan finalda maydonga tushishga tayyor ekanini ma'lum qildi.

“Biz sayohatning so‘nggi bosqichidamiz, bu mavsumning oxiri. Dam olish kunlarida final o‘yinini o‘tkazdik va kelasi mavsumda Evropa Ligasi yo‘llanmasini kafolatladik. Biz evrokubok finaliga chiqish orqali tarix yozdik, ammo endi biz yangi tarix yozishimiz va unda g‘alaba qozonishimiz kerak.

Biz ishtiyoqni saqlab qoldik va diqqatimizni jamladik. Futbolchilar diqqatini jamlagan, ularda to‘g‘ri munosabat bor va ular bunday uchrashuvda ishtirok etish quvonchini his qiladi.

Mxitaryan mashg‘ulotlarni qayta boshladi, bu uning uchun muhim. Men uning jismoniy holatiga ishonaman. U o‘ynashga tayyor ekanini aytdi.

Bu final. Chorshanbagacha xayolimda boshqa narsa bo‘lmaydi. Bu final men uchun birinchi bo‘ldi. Bu borada hech narsa o‘zgarmadi. Agar biz g‘alaba qozonsak, unda men birinchi bo‘lib Evropaning barcha sovrinlarini qo‘lga kiritgan murabbiy bo‘laman. Ammo bu faqat g‘alaba qozongan taqdirimizdagina bo‘ladi”, — dedi Joze Mourino.

Avvalroq Joze Mourino A Seriya va Angliya Premer-ligasini solishtirgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, Mourino “Napoli”ga qarshi o‘yindagi hakamlikni tanqid qilgandi.