Uncategorized 10:53 | 25.05.2022

“Chelsi”ga transferlar uchun 200 mln funt ajratiladi

“Chelsi”ning yangi egalari klubga transferlar uchun 200 million funt ajratishi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda “The Telegraph” xabar berdi.

Foto: “DynamoKiev.ua”

Klubning asosiy maqsadi Antonio Ryudiger, Andres Kristensen va Sesar Aspilikuetaning jamoani tark etishidan so‘ng himoya chizig‘ini kuchaytirish.

London jamoasining asosiy transfer maqsadi “Sevilya” himoyachisi Jyul Kunde va “Leyptsig” futbolchisi Yoshko Gvardiol hisoblanadi.

“Chelsi”ning umumiy transfer ro‘yxatidan 8 nafar futbolchi o‘rin olgan. Bular ichiga Pau Torres va xose ximenes ham kiradi.

Jamoa Tchuameni va Deklan Rays variantini ham ko‘rib chiqadi. Ammo “Monako” futbolchisi “Real Madrid”ga o‘tishni xohlamoqda. Rays uchun esa “Vest Hem” 150 million funt xohlamoqda.

Avvalroq “Chelsi” Perishich bilan deyarli kelishuvga erishgani haqida xabar berilgan.