Uncategorized 13:14 | 25.05.2022

Kanelo va Golovkin o‘rtasidagi uchinchi jang 17 sentyabr kuni o‘tkaziladi

Supero‘rta vazn toifasida Saul Alvares va Gennadiy Golovkin o‘rtasidagi uchinchi jang 17 sentyabr kuni o‘tkaziladi. Bu haqda “Matchroom Boxing” xabar berdi.

Foto: “Olympics.com”

Kanelo va Golovkin o‘rtasidagi birinchi qarama-qarshilik durang bilan yakunlangan bo‘lsa, ikkinchi jangda meksikalik bokschi hakamlar qarori bilan g‘alaba qozongandi.

Ma'lumot uchun, Alvares so‘nggi jangida rossiyalik Dmitriy Bivolga mag‘lub bo‘lgan edi. Golovkin esa yaponiyalik Reta Muratani to‘qqizinchi raundda nokautga uchratdi, IBF va IBO yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionligini himoya qildi.

Avvalroq Kanelo UFC chempioni Kamaru Usmon bilan bo‘ladigan ehtimoliy jang haqida gapirgani ma'lum qilingan. Shuningdek, Chimaev Kanelo UFC’ga o‘tsa, uni 10 sekundda “uxlatib” qo‘yishini aytgandi.