Klopp 2-marta APLda mavsumning eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi
“Liverpul” murabbiyi Yurgen Klopp 2-marta Angliya Premer-ligasida mavsumning eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi. Bu haqda chempionat rasmiy sayti xabar berdi.
Foto: “Championat.com”
“Liverpul” chempion “Manchester Siti”dan 1 ochko ortda qolib, mavsumni 2-o‘rinda yakunladi.
Yurgen Klopp Premer-ligada mavsumning eng yaxshi murabbiyi sovrinin 2020 yilda ham qo‘lga kiritgan.
Klopdan Fergyuson (11), Venger, Mourino va Gvardiola (hammasi 3 martadan) ko‘proq bu natijaga erishgan.
Avvalroq Klopp Holandning “Manchester Siti”ga o‘tayotganiga munosabat bildirgani haqida xabar berilgan.