Uncategorized 21:39 | 25.05.2022
O‘zbekiston U-23 jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Tojikistonni mag‘lub etdi
O‘zbekiston U-23 jamoasi 25 may kuni o‘rtoqlik o‘yinida Tojikistonni mag‘lub etdi.
Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi axborot xizmati
Bekobod shahrida o‘tkazilgan o‘yinda Kapadze shogirdlari 2:0 hisobi g‘alaba qozondi.
Gollarni Otabek Jo‘raqo‘ziev va Ulug‘bek Hoshimovlar kiritdi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Avvalroq O‘zbekiston U-23 terma jamoasining yig‘iniga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxati e'lon qilingandi.