Uncategorized 11:54 | 25.05.2022

“PSJ” qoniqtiradigan taklif tushsa, Neymarni sotishga tayyor

“PSJ” futbolchisi Neymarni agar qoniqtiradigan taklif tushsa, sotishga tayyor. Bu haqda “L’Equipe” jurnalisti xabar berdi.

Foto: “Getty Images”

xabarga ko‘ra, Parij klubi rahbariyati agar Neymar ketishni xohlasa unga to‘sqinlik qilmoqchi emas.

Qayd etilishicha, braziliyalik futbolchining o‘zi “PSJ”da qolishni xohlamoqda. U hali ham yangi darajaga ko‘tarila olishiga ishonchi komil.

Neymar 2017 yildan beri “PSJ” safida to‘p suradi, u “Barselona”dan 222 million evro evaziga Parij klubi safiga ko‘chib o‘tgan.

Futbolchining “PSJ” bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.

Avvalroq Neymar “PSJ” safidagi 100-golini urgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, Pochettino muxlislarning Messi va Neymarga qarshi xayqiriqlariga munosabat bildirgani ma'lum qilingan.