Uncategorized 16:48 | 25.05.2022

Toni Fergyuson Dastin Poreni jangga chaqirdi

Engil vaznda UFC jangchisi Toni Fergyuson Dastin Poreni jangga chaqirdi. Bu haqda “MMA Junkie” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti Sport”

Oldinroq Toni Fergyuson Maykl Chendlerga qarshi jangning 2-raundida nokautga uchragandi.

“Men Pore bilan jang qilish imkoniyatiga ega bo‘lishni istardim. Shubhasiz, u ‘stoyka’da ishlashni afzal ko‘radi, men esa turgan holda jang qilishdan bosh tortmagan bo‘lardim.

Qaytishga tayyor bo‘lsam, bu haqda UFC’ga xabar beraman. Va sizga kafolat beraman, ular ham o‘z rejalari haqida menga xabar beradi. Ular menga shunday yozadi: ‘Hey, kara, bizda sen uchun qanday takliflar bor”, — dedi Fergyuson.

Avvalroq Toni Fergyuson yarimo‘rta vazn toifasiga o‘tishni xohlayotgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, Toni Fergyuson daxshatli nokautga uchragani haqida gapirgani ma'lum qilingan.