Uncategorized 2:01 | 26.05.2022

KL. Finalda kichik hisobda g‘alaba qozongan “Roma” musobaqaning ilk chempioni bo‘ldi

Evropa Konferentsiyalar ligasi finalidan o‘rin olgan “Roma” va “Feyenoord” o‘yini yakunlandi.

Foto: “Getty Images”

Uchrashuvda 1:0 hisobida rimliklar g‘alaba qozondi. O‘yindagi yagona gol Zanolo tomonidan kiritildi. “Roma” ilk marta o‘tkazilgan Konferentsiyalar ligasi muchobaqachi g‘olibi bo‘ldi.

Uchrashuvning 88-daqiqasida Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga tushirildi va evrokuboklar finalida maydonga tushgan birinchi o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi.

Avvalroq jamoalar o‘yinni qanday tarkiblarda boshlashi haqida xabar berilgan.