Anchelotti “Roma”ni KL g‘olibligi bilan tabrikladi
“Real Madrid” murabbiyi Karlo Anchelotti “Roma”ni Konferentsiyalar ligasi g‘olibligi bilan tabrikladi. Bu haqda u o‘z Twitter sahifasida tvit qoldirdi.
Foto: “Getty Images”
Oldinroq Madrid klubi Chempionlar ligasi finaliga chiqqanda Mourino Anchelottini tabriklagandi.
“Sehrli ‘Roma’ni tabriklayman”, — deb yozgan italiyalik mutaxassis.
Ma'lumot uchun, “Real” 28 may kuni Chempionlar ligasi finalida “Liverpul”ga qarshi maydonga tushadi.
Avvalroq Eldor Shomurodov musobaqa g‘olibligidan keyin muxlislarga murojaat qilgani haqida xabar berilgan.