Uncategorized 17:21 | 26.05.2022

Dembele “Barsa”dan tushgan taklifni rad etdi va “PSJ”ga o‘tadi

“Barselona” futbolchisi Usmon Dembele jamoadan tushgan taklifni rad etdi va “PSJ”ga o‘tishi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda “As” xabar berdi.

Foto: “News.sportbox.ru”

xabarga ko‘ra, vinger kataloniyaliklarning yangi shartnoma bo‘yicha taklifini rad etgan. 25 yoshli futbolchi allaqachon murabbiylarga jamoada qolmasligini aytgan.

Frantsiyalik futbolchi Barselonada yashagan uy allaqachon yangi ijarachilarga ijaraga berish uchun taklif qilinmoqda.

Avvalroq Gnabri shartnoma uzaytirmasa ham “Bavariya” Dembeleni o‘z safiga qo‘shib olmasligi haqida xabar berilgan. Shuningdek, “PSJ” Dembelega yiliga 17 million evrolik maosh taklif qilgandi.