Uncategorized 12:41 | 26.05.2022

Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi guruh bosqichiga qur'a tashlandi

Futzal bo‘yicha 2022 yil Tailandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi guruh bosqichiga qur'a tashlandi. Bu haqda Futbol assotsiatsiyasi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi axborot xizmati

Unga ko‘ra, musobaqa guruhlari quyidagicha ko‘rinish oldi:

Foto: Osiyo futbol konfederatsiyasi

Musobaqa 25 sentyabrdan 20 oktyabrga qadar bo‘lib o‘tadi. Turnirga Tailand mezbonlik qiladi.

Avvalroq O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan U-20 Osiyo kubogi saralash bosqichiga qur'a tashlangani haqida xabar berilgan. Shuningdek, Bahraynda bo‘lib o‘tadigan U-17 Osiyo kubogi saralash bosqichiga qur'a tashlangani ma'lum qilingan.