Uncategorized 12:05 | 26.05.2022

Habib chempion va boshqa jangchilar o‘rtasidagi farq qanday bo‘lishini aytdi

Sobiq UFC jangchisi Habib Nurmagomedov chempion va boshqa jangchilar o‘rtasidagi farq qanday bo‘lishini aytdi. Bu haqda “Brian J. Roberts” xabar berdi.

Foto: “Getty Images”

Nurmagomedov bosimni o‘z foydasi uchun ishlata olganini ta'kidladi.

“Albatta, jangdan oldin bosimni his qilaman. Chempionlar bosim tushganda uni engib o‘ta oladi. Chempion va oddiy jangchilarning farqi ham shunda.

Men bosimni engib o‘taman, uni nazorat qilaman va jangda g‘olib bo‘lish uchun foydalanaman. Jangchiga bosim tushganda, unga butun dunyodan millionlab odamlar qarab turganda, ko‘pchilik buni engib o‘tolmaydi.

Lekin sen buni engib o‘tishga ishonsang, buni raqibinga qarshi ishlatishing mumkin”, — dedi sobiq chempion.

Avvalroq Habib Nurmagomedov Charlz Oliveyra haqida fikr bildirgandi.