Uncategorized 13:07 | 26.05.2022

“Inter” Mourino va “Roma”ni KL g‘olibligi bilan tabrikladi

“Inter” Joze Mourino va “Roma”ni Evropa Konferentsiyalar ligasi g‘olibligi bilan tabrikladi. Bu haqda Milan klubi rasmiy Twitter sahifasi xabar berdi.

Foto: “Getty Images”

Oldinroq “Real Madrid” murabbiyi Karlo Anchelotti Joze Mourino va “Roma”ni g‘alaba bilan tabriklagandi.

“‘Roma’ va Joze Mourinoni Konferentsiya Ligasidagi g‘alaba bilan tabriklaymiz. Evropada g‘alaba qozonish har doim o‘ziga xos natijadir”, deyiladi Milan klubi xabarida.

“Inter” 2010 yilda Joze Mourino murabbiyligida Evropa Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgandi.

Avvalroq finalda kichik hisobda g‘alaba qozongan “Roma” musobaqaning ilk chempioni bo‘lgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, Eldor Shomurodov Konferentsiyalar ligasi g‘olibligidan keyin muxlislarga murojaat qilgandi.