Uncategorized 18:27 | 26.05.2022

“Inter” Mxitaryanning transferini amalga oshirishga yaqin turibdi

“Inter” “Roma” yarim himoyachisi Geynrix Mxitaryanni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.

Foto: “Vbetnews.com”

xabarga ko‘ra, “neradzurrilar” “Roma” futbolchisiga erkin agent bo‘lib “Inter”ga o‘tish bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqdi.

Qayd etilishcha, 33 yoshli futbolchi yiliga 3,5 million evro oladigan ikki yillik shartnoma imzolaydi. Armaniyalik futbolchini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq “Roma” Mxitaryan bilan shartnomani uzaytirmoqchi ekani haqida xabar berilgan. Shuningdek, Genrix Mxitaryan terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagani ma'lum qilingan.