Buyuk Britaniya sanktsiyalari ostida qolgan Roman Abramovich “Chelsi”ni Todd Bouli konsortsiumiga sotdi. Bu haqda “Companies House” xabar berdi.
Foto: “Getty Images”
xabarga ko‘ra, Buyuk Britaniya hukumati mamlakatdagi aktivlari muzlatilgan Roman Abramovich klubni sotishdan foyda ko‘rmasligi haqida huquqiy kafolatlar olgach, kelishuvni ma'qullagan.
Qayd etilishcha, bitim 4,25 milliard funt sterlingni (taxminan 5 milliard evro) tashkil etadi.
Avvalroq “Chelsi”ga transferlar uchun 200 million funt ajratilishi haqida xabar berilgan. Shuningdek, Abramovich “Chelsi”ni sotish bo‘yicha kelishuvga erishgani ma'lum qilingan.